Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden AQShda minimal ish haqini oshirmoqchi ekanini yana bir bor ta'kidladi
AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden mamlakatda eng kam ish haqini soatiga hozirgi 7,25 dollardan 15 dollarga ko‘tarmoqchi ekanini yana bir bor eslatdi.
Bayden Twitter'da qoldirgan postda, eng kam ish haqini oshirishga koronavirus pandemiyasidan keyin iqtisodiyot qayta tiklana boshlagan vaqtda imkon bo‘lishini qayd etgan.
«Qayta tiklanishga erishayotganimizda, maoshlar ham oshib boradi – 15 dollarlik ish haqi, yaxshiroq imtiyozlar va kuchli jamoaviy shartnomalar oilangizni ta'minlash imkonini beradi. Shu tariqa biz o‘rta qatlamni har qachongidan ham ko‘proq qo‘llab-quvvatlaymiz», – deb yozdi demokratlar yetakchisi.
Ma'lumot uchun, AQShda Mehnat vazirligi tomonidan belgilangan eng kam ish haqi soatiga 7,25 dollarni tashkil etadi.
Vashington shtatida eng kam ish haqi soatiga 13,5 dollar, Massachusetsda soatiga 12,75 dollarga teng. Amerikaning boshqa bir qator shtatlari – Meyn, Konnektikut, Kolorado, Arizona, Kaliforniya, Oregonda esa xodimga soatiga 12 dollardan kam haq to‘lash mumkin emas.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
08:24 / 19.05.2025