Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom loyihasi ishlab chiqildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.
Agentlik xabariga ko‘ra, nizomda davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan barcha xo‘jalik jamiyatlari, davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari ta'sischi hisoblangan unitar korxonalar o‘z rasmiy veb-saytiga ega bo‘lishi va ularda quyidagi ma'lumotlarni joylashtirishi va oshkora etishi belgilanmoqda:
- korxona to‘g‘risidagi asosiy ma'lumotlar;
- bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
- korxona tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to‘g‘risidagi ma'lumotlar, matbuot-relizlar va kundalik faoliyat to‘g‘risidagi boshqa axborot;
- davlat ishtirokidagi korxona va uning tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
- korxonaning ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar, bo‘sh turgan, foydalanilmayotgan, nosohaviy aktivlari va ular to‘g‘risidagi asosiy axborotlar;
- buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar;
- boshqaruv va nazorat organlariga to‘langan rag‘batlantirish miqdorlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
- yillik moliya-xo‘jalik faoliyatni tekshirish natijalari bo‘yicha auditorlik tashkilotining xulosasi;
- korxona ustav fondining yoki aktivlarining 50 foizidan ortiq miqdorda kredit olinganligi;
- korxona aktivlarining 10 foizidan ortig‘ini tashkil etadigan korxonaning bir martalik bitimlari;
- korxona tomonidan yirik bitimlar va manfaatdor shaxslar bilan bitimlar tuzilganligi.
Mavzuga oid
10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
10:49 / 29.01.2025
Rossiya 2024 yilda rekord miqdordagi saytlarni blokladi
12:58 / 28.09.2024
Moldovada yettita kremlparast sayt bloklandi
09:22 / 05.06.2024