Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon Qorabog‘dagi vayrongarchiliklar uchun Armanistondan tovon puli talab qiladi
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Boku Tog‘li Qorabog‘dagi vayron qilingan infratuzilma va uylar uchun xalqaro sudlarda Yerevandan kompensatsiya talab qilishini aytdi. Aliyev bu haqda Ozarboyjonga o‘tgan Fuzuliy va Jabroil tumanlariga tashrifi vaqtida aytdi.
Ozarboyjon prezidentining ta'kidlashicha, Jabroilda birorta butun uy qolmagan, maktablar, uylar va boshqa obektlar vayron qilingan. Uning ta'kidlashicha, Ozarboyjon bu vayrongarchiliklar uchun tovon puli talab qiladi.
“Raqib barcha infratuzilmani vayron qilgan. Ular bu uchun xalqaro sudda javob beradilar. Men oldin ham aytganman va yana bir bor qaytarmoqchiman, xalqaro tuzilmalar, ekspertlar jalb qilinadi, ko‘rilgan barcha zarar hisoblab chiqiladi va 30 yil uchun tovon puli talab qilamiz. Shu kunlarda ular Kelbajarni, uylar, o‘rmonlarni vayron qilishdi. Ular bular uchun ham javob beradilar”, deb aytgan Aliyev.
Avvalroq uch tomonlama bayonotga muvofiq Ozarboyjonga o‘tishi kerak bo‘lgan tumanlarda odamlar do‘konlar, uylar va boshqa obektlarni vayron qilishayotgani, ushbu hududlarda yashagan armanlar uylariga o‘t qo‘yishayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Tog‘li Qorabog‘dagi janglarni to‘xtatish haqidagi kelishuvga ko‘ra, Ozarboyjonga Tog‘li Qorabog‘ning katta qismi va unga yondosh bir necha tuman o‘tadi.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025