Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangan besh nafar shifokorda kasallik aniqlandi
Qayd etilishicha, ularning uch nafarida kasallik yengil, ikki nafarida o‘rtacha og‘ir shaklda kechmoqda.
Tomsk oblastida infeksiyaga qarshi emlangan besh nafar shifokorning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. Oblast sog‘liqni saqlash departamenti vakilining fikricha, virus yuqqan paytda ularda immunitet to‘liq shakllanib ulgurmagan bo‘lgan.
“Bugun test natijalarini oldim. Hayron qoldim. Emlash haqida: u kasallik yuqishidan himoya qilmaydi, kasallik og‘ir o‘tishidan himoya qilishi kerak – tekshirib ko‘ramiz”, – deb yozgan tomsklik vrach-infeksionist Yevgeniya Alekseyeva Instagram sahifasida.
Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, uning harorati ko‘tarilmagan, hid bilish qobiliyati yo‘qolmagan va holsizlik kuzatilmayapti.
Tomskda koronavirusga qarshi emlash 6 oktyabrda boshlangan. Regionga olib kelingan dastlabki 42 doza bilan tibbiyot xodimlari emlangan.
“Vaksinatsiyaning birinchi bosqichidan keyingi davrda besh nafar shifokorda test musbat chiqdi. Ularning barchasi emlashdan keyin o‘z ish faoliyatlarini davom ettirib, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishgan”, – deyiladi Tomsk oblasti bo‘yicha tezkor shtab Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, ularning uch nafarida kasallik yengil, ikki nafarida o‘rtacha og‘ir shaklda kechmoqda.
Avvalroq Oltoy o‘lkasi va Kemerovo oblastidagi shifokorlarda vaksinatsiyadan so‘ng koronavirus aniqlangandi.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024