O‘zbekiston | 14:48 / 19.11.2020
52118
3 daqiqa o‘qiladi

40 yoshgacha Top-40: O‘zbekistonning istiqbolli rahbarlari reytingi e'lon qilindi

«Yuksalish» umummilliy harakati davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan istiqbolli rahbarlarning yangi Top-40 reytingini e'lon qildi. 

Harakat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilda ekspertlar tomonidan 100 nafar nomzodlar orasidan (o‘tgan yili 60 nafar) yangilangan ro‘yxat shakllantirildi. Bu gal ular orasidan 40 nafar nomzod tanlandi. Bunda nomzodlarning yoshi, ma'lumoti, kasb yo‘li, jamoatchilik orasida tanilganlik, ularning islohotlar jarayonida ishtirok etish va ta'sir darajasi inobatga olindi.

Yangi reytingga birinchi marta kiritilganlar:

  • A'zam Ikromov – Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari; 
  • Akmalxon Ortiqov – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Bekzod Mavlonov – Prezident administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari;
  • Bobur Abdunazarov – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari;
  • Botir Zohidov – Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari – Boshqaruv raisi;
  • Diana Boyzoqova – Xalqaro arbitraj markazi direktori;
  • Dilshod Saidjonov – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari;
  • Dilnoza Kattaxonova – Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari;
  • Jamshid O‘runov – Biznes-ombudsman o‘rinbosari;
  • Ilhom Norqulov – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Oleg Pekos – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Olimjon To‘ychiyev – Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari
  • Otabek Hasanov – Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari;
  • Rustam Karimjonov – Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari;
  • Sardor Qoriyev - Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori; 
  • Tursunboy Mahkamov – Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari;
  • Usmon Sharifxo‘jayev – Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Hilola Umarova - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori;
  • Farhod Ibrohimov – Toshkentdagi IT-park direktori;
  • Xudoyor Meliyev – Adliya vaziri o‘rinbosari;
  • Shodiyor Mamatqulov – Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari.  

Mavzuga oid