Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni jarima maydonidan mototsiklni o‘g‘irlab ketdi
Sportning Taekvondo WTF turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni va Osiyo chempionati sovrindori bo‘lgan J. o‘ta og‘ir jinoyatga qo‘l urdi, deb yozmoqda O‘zA Qo‘qon shahar sudi sudyasi E.Hakimovning ma'lumotlariga tayangan holda.
Qayd etilishicha, 18 yoshni qarshilagan J. O‘zbekiston tumani IIB YHXBga qarashli «Shodlik» MFY hududida joylashgan jarima maydonida saqlanayotgan “JAWA” rusumli mototsiklni o‘g‘rilik yo‘li bilan olib qochishga uringan.
U 2020 yil 2 sentabr kuni soat 02:00larda “JAWA” rusumli mototsiklni o‘g‘irlashga o‘g‘irlab olib chiqib, yo‘lda ketayotganda qilgan ishidan afsuslangan va o‘zi yashaydigan mahalla profilaktika inspektorining telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, jarima maydonidan mototsikl o‘g‘irlab chiqqanini aytib, aybini bo‘yniga olgan.
Profilaktika inspektori tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan. Natijada, mototsikl jarima maydonchasiga qaytarilgan, J. esa qamoqqa ravona bo‘lgan.
Sud majlisida so‘ralgan J. mototsikl minishga juda qiziqqani sababli ushbu mototsiklni o‘g‘irlab chiqqanini, uni shu kuni minib, keyin yana joyiga olib borib qo‘ymoqchi bo‘lganini bildirgan.
“Motosikl egasi esa suddan arzimagan narxdagi mototsiklini deb J.ning kelajagini barbod qilmaslikni, agar u ozodlikdan mahrum qilinadigan bo‘lsa, o‘sha mototsiklini kerak bo‘lsa yoqib yuborishini, J. sodir etgan jinoyat natijasida hech qanday moddiy zarar ko‘rmagani, uni kechirganini aytib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan yengilroq jazo tayinlashni so‘radi.
J. o‘zining jinoiy harakatlari bilan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «g» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan. U Jinoyat kodeksida belgilangan modda sanksiyasi doirasida 10 yildan 15 yilgacha ozodligi mahrum qilinishi mumkin edi.
Lekin sud J.ga jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati jabrlanuvchiga zarar yetkazilmagani, uning O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi ekani, sportning Taekvondo WTF turi bo‘yicha erishgan yutuqlari, aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz va pushaymonligini hisobga oldi”, - deyiladi ma'lumotda.
Bildirilishicha, Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan berilgan ijobiy tavsifnomani hisobga olib, sud JKning 57-moddasini qo‘llab, modda sanksiyasida nazarda tutilmagan ozodlikni cheklash jazosi tayinlashni, J.ga kech soat 21:00dan ertalab soat 6:00gacha yashash joyidan chiqmaslik, nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash va o‘qish joyini o‘zgartirmaslik kabi taqiqlarni yuklab sud zalidan darhol qamoqdan ozod qilishni lozim topgan.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
14:22 / 29.04.2025
Toshkentda yuz bergan YTHda mototsikl haydovchisi vafot etdi
09:53 / 29.04.2025