O‘zbekiston | 12:44 / 19.11.2020
13835
1 daqiqa o‘qiladi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Asamov Anvar Damirovich investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Xalqaro press-klub

17 noyabr kuni prezident tomonidan imzolangan tegishli qarorga muvofiq, Asamov Anvar Damirovich O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 2019 yil 29 yanvardan e'tiboran Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan. Anvar Asamov 2018 yil 8 maydan buyon rais o‘rinbosari sifatida qo‘mitada ishlab kelayotgandi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rasmiy saytida vakant vazir o‘rinbosari lavozimi ko‘rsatilmagan. Shuningdek, Asamov kim bilan almashtirilgani haqida rasmiy axborot mavjud emas.

Mavzuga oid