Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘chalar begovellar bilan ta'minlanadi
O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tashabbusi bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) o‘rtasida memorandum imzolandi.
Memorandum asosida maktabgacha ta'lim muassasalari zamonaviy begovel (bolalar uchun pedalsiz velosiped)lar bilan ta'minlanadi.
Shuningdek, O‘zbekistonda birinchi bolalar velopoygasi o‘tkaziladi.
Kelishuvni imzolash tadbirida O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Norboyeva, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin hamda YeXHTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Jon Makgregor ishtirok etdi.
Sport vazirligi xabariga ko‘ra, memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad – barcha hududlardagi bog‘chalarni bosqichma-bosqich begovellar bilan ta'minlash va tomonlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish orqali bolalarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratishdir.
Mavzuga oid
13:21 / 28.05.2025
Yozgi oromgohlar uchun yo‘llanmani onlayn olish imkoni yaratildi
11:00 / 12.12.2024
“Odamlar to‘rtburchak, dumaloq va mehribon” – dunyoni boshqacha “ko‘radigan” bolalar
09:54 / 12.12.2024
Samarqandda bog‘cha yonib ketdi
21:42 / 04.09.2024