Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda yangi yil bilan bog‘liq barcha tadbirlar bekor qilindi
Shtab qaroriga muvofiq, mamlakat poytaxtidagi madaniyat bog‘larida yangi yil archalari o‘rnatilmaydi.
Tojikistonda koronavirus pandemiyasi sababli yangi yil bayrami bilan bog‘liq barcha tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda Onado‘lu agentligi xabar bermoqda.
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha respublika shtabi bu borada tegishli qaror qabul qildi.
Shtab qaroriga muvofiq, mamlakat poytaxtidagi madaniyat bog‘larida yangi yil archalari o‘rnatilmaydi.
Bayram kunlari aholi bog‘lar va madaniy istirohat maskanlariga himoya niqobi taqqan va ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda chiqishi mumkin.
Tojikistonda yangi yil bayrami odatda keng nishonlanadi. Yangi yil arafasida mamlakatdagi barcha maydon va bog‘larda yangi yil archalari o‘rnatilib, bayram tadbirlari o‘tkaziladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 11,7 mingdan oshgan, 86 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj
16:52 / 29.04.2025