Jahon | 23:59 / 19.11.2020
4474
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy koronavirusga qarshi ishlab chiqqan beshta vaksinasining uchinchi bosqich sinovlarini o‘tkazmoqda

XXR tashqi ishlar vazirligi vakilining ma'lum qilishicha, vaksina sinovlari BAA, Braziliya, Pokiston, Peru va boshqa davlatlarda o‘tkazilmoqda.

Foto: Getty Images

Xitoylik mutaxassislar tomonidan koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan beshta vaksinaning uchinchi bosqich sinovlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan ma'lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, "Xitoy koronavirusga qarshi beshta vaksinaga ega bo‘lib, hozirda BAA,  Braziliya, Pokiston, Peru va boshqa davlatlarda ularning uchinchi bosqich sinovlari o‘tkazilmoqda".

 Ularning ikkitasi Sinopharm, bittasi Sinovac Biotech, yana biri CanSino hamda beshinchi vaksina Anhui Zhifei Longcom Biologic Pharmacy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

 O‘tgan oyda Xitoy fan va texnika vazirligi vakili Tyan Baogo xitoylik mutaxassislar 13ta vaksinani sinovdan o‘tkazayotgani, ulardan to‘rttasining sinovi uchinchi bosqichda ekanligini ma'lum qilgandi.

 Noyabr boshlarida Xitoyda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina Toshkentga olib kelingani, vaksina sinovining uchinchi bosqichi O‘zbekistonda ham o‘tkazilishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid