O‘zbekiston | 14:39 / 20.11.2020
15850
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» «tajovuzkorlar ko‘mir ortilgan vagonlarga yana hujum qilayotgani» haqida xabar qildi

Joriy yilning 17 noyabr kuni usti yarim ochiq 50ta vagonda ko‘mir mahsulotlari «Angren – Ohangaron» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan va yo‘lda, «Obliq» temir yo‘l bekatida, 4ta vagondagi ko‘mir mahsulotlari yuk qabul qiluvchi Olmaliq kon metallurgiya kombinatining Angren shahridagi filiali bo‘lganligi uchun uzib qolingan. 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot-tahliliy media markazi xabariga ko‘ra, vagonlar uzilgandan so‘ng harakat tarkibi Ohangaron yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettirib ketgan.

Qayd etilishicha, uzib qolingan vagonlar teplovozga ulanib, belgilangan manzilga olib o‘tish vaqtida ko‘mir mahsulotini talon-toroj qilish maqsadida 5 nafar noma'lum shaxs vagonga osilgan. Tezkorlik bilan mazkur holatni ko‘rgan va shu yerda xizmat olib borayotgan Ohangaron o‘qchilik komandasi o‘qchisi tomonidan vagonga chiqqan noma'lum shaxslarni ushlash maqsadida teplovoz to‘xtatilgan. Teplovoz to‘xtagan vaqtda ushbu noma'lum shaxslar har tomonga qochib ketishgan.

«Hozirda mazkur noma'lum shaxslarni aniqlash, kelgusida ularning ushbu noqonuniy harakatiga qonuniy baho berish yuzasidan tezkor-surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda», – deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid