Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kasaba uyushmalari kuni belgilanmoqda. Senatorlar tegishli qonunni ma'qulladi
Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Majlisda yangi qonun bilan 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni deb belgilangani ma'lum qilindi. Qonunda kasaba uyushmalari tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishini ta'minlash va tashkilot fidoyi xodimlarini rag‘batlantirish nazarda tutilgan.
Ayni paytda federatsiya tarkibiga kiruvchi 14ta tarmoq kasaba uyushmasi 32,5 mingdan ziyod boshlang‘ich tashkilotlarni birlashtirgan.
Tashkilot a'zolari soni 5,5 millionni tashkil etib, ulardan 2,5 millioni ayollar hamda 2 milliondan ortig‘i 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir.
“Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonun bilan ushbu tuzilmalarga qo‘shimcha huquqlar berilgan. Kasaba uyushmalari ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni tuzishda qatnashish, bandlik, mehnat muhofazasi masalalarida o‘zlarining fikrlarini davlat organlariga taqdimnoma shaklida kiritish kabi huquqlarga ega.
Ma'lumot uchun, ayni damda respublikada qonun bilan tasdiqlangan 25ta bayram belgilangan bo‘lib, 9tasi dam olish kunlari, 16tasi esa dam olmasdan nishonlanadigan kasb bayramlaridir.
Bu kabi bayramlar Avstriya, AQSh, Gretsiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shveytsariya kabi davlatlarda, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi MDH davlatlarida nishonlab kelinmoqda.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
13:00 / 30.04.2025