Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiya dunyo siyosatida yetakchi o‘rinni egallashga intilayotganini aytdi
Erdo‘g‘an Anqara kelajakni Yevropa bilan birgalikda barpo etish niyatida ekanligini eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya barcha do‘st mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchi.
Turkiya koronavirus pandemiyasidan keyin shakllanadigan yangi dunyo tartibida munosib o‘rin egallashni maqsad qilgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.
«Bu maqsadda birinchi navbatda huquqiy va iqtisodiy tizimlarni yaxshilash, ishlab chiqarish va bandlikni oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi», — dedi u.
Erdo‘g‘an shuningdek, Anqara kelajakni Yevropa bilan birgalikda barpo etish niyatida ekanligini eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya barcha do‘st mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchi.
«Turkiya mintaqaviy va global muammolarni hal qilish uchun AQSh bilan ham yaqin ittifoqchilik aloqalaridan faol foydalanishga tayyor», — deb qo‘shimcha qildi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘an mamlakatning dunyodagi o‘rni haqida so‘zlarkan, gap yetakchi o‘rin haqida borayotganini ta'kidladi.
Mavzuga oid
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
10:26 / 16.05.2025
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor
20:52 / 15.05.2025