Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada “kovid pasportlar” joriy qilinishi mumkin – OAV
Britaniyada koronavirusga qarshi emlanganlarga pasport joriy qilish muhokama qilinmoqda. Bunday “kovid pasport” mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanishga imkon beradi.
The Sunday Times nashrining Britaniya hukumatidagi manbalarga tayanib xabar berishicha, hukumat “kovid pasport”ni kiritishni muhokama qilmoqda.
Yangi hujjat virusga qarshi emlanganlarga emlanishdan bosh tortganlarga nisbatan mamlakat bo‘ylab erkinroq harakatlanishga, jumladan, xizmat safarlarini bemalol amalga oshirishga imkon beradi. Bu borada qabul qilinadigan qarorni Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 23 noyabrda e'lon qilishi mumkin.
Jonson deputatlar oldidagi chiqishida 2 dekabrdan Angliyada milliy karantin yakunlanishi va qat'iy choralar kiritilishi bilan mahalliy cheklovlar tizimiga qaytilishini e'lon qilishi kutilmoqda. Nashrning ta'kidlashicha, dekabr oxirida Britaniya hukumati aholiga Rojdestvo bayramini tor doirada o‘tkazishga ruxsat berishi mumkin, biroq keyin qat'iy choralar qaytariladi va bahorgacha davom etadi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025