Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati va poytaxt chegarasidagi bahsli yer masalasini maxsus ishchi guruh o‘rganadi - Kadastr agentligi
20 noyabr kuni Kun.uz saytida «Toshkent viloyati va poytaxt o‘rtasida 1,1 gektar yer «talash» bo‘lyapti. Sud soxta hujjatga asosan qaror chiqargan» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.
Maqolada Toshkent halqa aylanma yo‘li bo‘yida joylashgan 1,1 gektar yer maydonining Toshkent viloyati yoki poytaxtga kirishi masalasi ochiq qolayotgani, Toshkent shahar ma'muriy sudi Kadastr agentligi nomidan jo‘natilgan soxta xatga asosan ushbu hududni Toshkent viloyati Zangiota tumaniga qarashli deb topgani haqida so‘z yuritilgan edi.
Kadastr agentligining ma'lum qilishicha, agentlik direktorining 13 noyabrdagi buyrug‘i bilan yuqoridagi ziddiyatli holatni atroflicha o‘rganish bo‘yicha agentlik qoshida maxsus ishchi guruh tuzilgan.
«Hozirda ishchi guruh tomonidan har bir holatni har tomonlama va xolisona, mavjud hujjatlar asosida o‘rganish hamda chegaralarni mavjud topografik xaritalar va koordinata sistemasiga bog‘lagan holda aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘rganish ishlari yakuniga yetkazilgandan so‘ng ushbu [holat] yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishini ma'lum qilamiz», – deyiladi Kadastr agentligi axborotida.
Mavzuga oid
14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?
10:37 / 17.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori tayinlandi
13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
16:17 / 11.04.2025