Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori pora olayotganda qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda mahkama Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar bermoqda.
Tadbir davomida Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori M.A. fuqaro Sh.A.ning turmush o‘rtog‘ini yuqori lavozimdagi tanishlari orqali Toshkent shahridagi tug‘ruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlash evaziga firibgarlik yo‘li bilan 30 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:46 / 21.11.2024
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
09:02 / 03.09.2024
Toshkentning ikki tumanida ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
09:54 / 19.06.2024
Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
07:50 / 17.04.2024