O‘zbekiston | 13:23 / 25.11.2020
20038
1 daqiqa o‘qiladi

Sayxunobod tumani hokimi o‘zgardi

Bugun, 25 noyabr kuni, xalq deputatlari Sayxunobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sirdaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirok etdi. 

Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Botirjon Mirzaqulov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Tuman hokimi lavozimiga shu kungacha Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Farrux O‘ktamjonov tayinlandi.

Farrux O‘ktamjonov 1985 yilning 19 sentyabrida Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tamomlagan.

O‘qituvchilarni urgan hokim ishdan olindi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid