O‘zbekiston | 08:13 / 26.11.2020
3924
1 daqiqa o‘qiladi

“Air Cairo” aviakompaniyasi Sharm-al-Shayxdan Toshkentga ilk reysini amalga oshirdi

2020 yil 25 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:10da Airbus A320-214 rusumli samolyot I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: planespotters

Qayd etilishicha, endilikda haftaning har chorshanba kunlari muntazam parvozlar amalga oshiriladi.  

“Air Cairo” aviakompaniyasining O‘zbekistondagi vakili Husayn Sharif fikricha, kelgusida parvozlar sonini haftasiga 4 martagacha oshirish rejalashtirilgan. Toshkentni Sharm-al-Shayx, Qohira shaharlari bilan bog‘lovchi reyslar 2021 yilning aprel oyidan yo‘lga qo‘yiladi.  
 
“Air Cairo”ning ilk parvozi shu kunning o‘zida, soat 11:30da o‘z nihoyasiga yetdi. 161 nafar yo‘lovchi bilan samolyot yana Misrga uchib ketgan.

Mavzuga oid