IIV va Uzcard firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
Ichki ishlar vazirligi va Uzcard firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda IIV tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda aytiladi.
Qayd etilishicha, plastik kartalardan foydalanish yanada xavfsiz va texnik jihatdan mukammal jarayonga aylanib bormoqda. Lekin firibgarlar insonlarning ishonchidan va kartalarni ishlatishning asosiy qoidalarini bilmasligidan foydalanmoqda.
Banklar va qonunni muhofaza qiluvchi organlar muntazam ravishda, pulidan ehtiyotsizlik oqibatida mahrum bo‘lgan fuqarolardan arizalarni qabul qilmoqda.
Firibgarlardan ehtiyot bo‘lish uchun quyidagi tavsiyalarga qat'iy rioya qilish so‘ralgan:
- karta PIN-kodini begonalarga aytmaslik;
- tekshirish uchun SMS tasdiq kodini hech kimga ko‘rsatmaslik;
- shubhali shaxslarga pul o‘tkazmaslik;
- ijtimoiy tarmoqlarga 16 xonali raqamlari ko‘rinib turgan karta suratini joylashtirmaslik.
«Uzcard yoki banklar karta raqamini, PIN-kodni yoki SMS bo‘yicha tasdiqlashni bilish uchun hech qachon mijozlarga qo‘ng‘iroq qilmaydi.
Firibgarlar turli narsalarni bahona qilib, o‘zlarini bank yoki Uzcard xodimlari bo‘lib tanishtirishlari mumkin. Ularning maqsadi — kartangizdan pullarni yechib olish. Agarda sizga bunday qo‘ng‘iroq kelib tushgan bo‘lsa, e'tibor bermang», - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024