Xiaomi 5G’ni qo‘llab-quvvatlovchi yangi Redmi Note smartfonlarini taqdim etdi
Xiaomi kompaniyasining Redmi brendi Xitoyda Redmi Note smartfonlarining yangi avlodini taqdim etdi. Xitoyda ushbu smartfonlar Redmi Note’ning 9-avloddagi modellari hisoblansa-da, butun dunyoda bu nom ostida boshqa telefonlar sotiladi.
Yangi modellar qatorida eng qimmatbaho smartfon Redmi Note 9 Pro 5G hisoblanadi. U 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi yangi Snapdragon 750G protsessori negizida qurilgan. Smartfon 6,67 dyuymli ekran, 4ta modulli asosiy kamera bilan jihozlangan. Kamera modullaridan asosiysi 108 Mp sifat bilan suratga oladi. Gadjet, shuningdek, 3,5 mmli audioraz'yom, 4820 mA-soatli akkumulyator olgan bo‘lib, 3ta konfiguratsiyaga ega: 6 Gb tezkor xotira/128 Gb doimiy xotira, 8 Gb tezkor xotira/128 Gb doimiy xotira va 8 Gb tezkor xotira/256 Gb doimiy xotira.
Yangi Redmi Note modellar qatorida o‘rtamiyona model Redmi Note 9 5G bo‘lib, u 6,53 dyuymli ekran va MediaTek Dimensity 800U protsessori bilan jihozlangan. Gadjet 48, 8 va 2 Mpli uchta kameraga ega. Smartfonning batareyasi sig‘imi 5000 mA-soatni tashkil qilib, u 18 vattli quvvatlash qurilmasidan quvvatlanadi. Ushbu smartfon ham yuqorida keltirilgan smartfondagidek 3ta konfiguratsiyada taqdim etiladi.
Va nihoyat, modellar qatoridan o‘rin olgan eng arzon smartfon Redmi Note 9 bo‘lib, u qolgan ikki modeldan kamera bloki, korpus qopqog‘i va ekran yuqorisidagi tomchisimon botiq bilan farqlanadi. Smartfon 5G’ni qo‘llab-quvvatlamaydi va Snapdragon 662 protsessorida ishlaydi. Biroq u modellar ichida eng kuchli batareyaga ega: uning sig‘imi 6000 mA-soatni tashkil qiladi.
Xitoyda Redmi Note 9 Pro 5G 243 dollardan, Redmi Note 9 5G 197 dollardan, Redmi Note 9 esa 151 dollardan boshlab sotiladi. Smartfonlarning jahon bozoriga chiqarilishi haqida hozircha hech narsa ma'lum emas. Jahon bozorida ehtimol ular boshqa nom bilan, misol uchun, Redmi Note 10 nomi bilan sotuvga chiqarilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
21:55 / 28.03.2024
2,78 soniyada 100 km tezlik, kutilganidan arzon narx: Xiaomi ilk elektromobilini taqdim etdi
23:31 / 16.01.2024