Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina poytaxtida Maradona muxlislari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi
Argentina poytaxti Buenos-Ayresda 25 noyabrda vafot etgan argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradonaning dafn marosimiga kelgan odamlar va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi.
To‘qnashuvlar Maradonaning dafn marosimi o‘tayotgan prezident saroyi Casa Rosada oldidagi maydonga olib boruvchi ko‘chalar kesishmasida boshlangan. Politsiya rezina o‘qlar va ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llab, odamlarni chorrahadan bir necha kvartal narilatgan.
Argentinaning TN24 telekanali xabar berishicha, to‘qnashuvlar mamlakat prezidenti Alberto Fernandes marhum futbolchi bilan vidolashish uchun vaqt qisqartirilganini e'lon qilgandan keyin boshlanib ketgan.
To‘qnashuvlar boshlangandan keyin ko‘chalardan birida kichik tiqilinch yuz bergan. Dafn marosimiga kelganlar o‘qlardan qocha boshlashgan. Shundan keyin chorraha boshida politsiya kardoni qo‘yilgan.
Ta'kidlanishicha, ikki kishi qo‘lga olingan. To‘qnashuvlar vaqtida jabrlanganlar bo‘lgani ma'lum qilinmagan.
Bu orada Infobae portalining xabar berishicha, 9 kishi vandallik, tartibsizliklar uyushtirish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish uchun ushlangan.
Keyinroq Argentina prezidenti marhum futbolchi bilan vidolashishni istayotganlar ko‘pligi sababli uning qizlari bilan dafn marosimini soat 19gacha (Toshkent vaqti bilan 27 noyabr soat 3) uzaytirishga kelishib olgan. Avvalroq marosim o‘tayotgan prezident saroyi soat 16da yopilishi rejalashtirilgandi.
Diyego Maradona 25 noyabrda 60 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Futbolchining vafoti tufayli Argentinada 3 kunlik motam e'lon qilingan. Ta'kidlanishicha, Maradona poytaxt tashqarisida joylashgan qabristonda dafn etiladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, prezident saroyida oxirgi marta bunday dafn marosimi 10 yil avval Argentinaning sobiq prezidenti Nestor Kirshner oxirgi manzilga kuzatilganda o‘tgan. Mamlakat rahbariyati pandemiya sababli cheklovlar amal qilayotganiga qaramay, barcha istovchilarga Maradona bilan vidolashishga ruxsat bergan.
Mavzuga oid
22:11 / 11.03.2025
Diyego Maradonani davolagan shifokorlar sudlanadi
21:12 / 06.01.2024
Italiya sudi Maradonadan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ayblovini olib tashladi
01:43 / 30.12.2022
«Alvido, Qirol». Pele merosi haqida
22:03 / 14.10.2022