Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada Maradonaning o‘limi yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi
Tergovchilar Maradonaning salomatligini nazorat qilgan tibbiyot xodimlarining loqaydlikka yo‘l qo‘yganligi holatiga aniqlik kiritmoqchi.
Argentinada mamlakat terma jamoasining sobiq futbolchisi Diyego Maradonaning o‘limi yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi. Bu haqda Todo Noticias xabar bermoqda.
Nashr manbasining aytishicha, tergovchilar Maradonaning salomatligini nazorat qilgan tibbiyot xodimlarining loqaydlikka yo‘l qo‘yganligi holatiga aniqlik kiritmoqchi. Hukumat sportchi vafot etgan kuni uni ertalab uyg‘otmagan hamshiraning harakatini shubha ostiga olgan. Hamshira erta tongda Maradonaga dori berishi kerak bo‘lsa-da, uning xonasiga soat 11larda psixolog va psixiatr bilan birga kirib kelgan.
26 noyabr kuni Diyego Maradonaning advokati Matias Morla tez yordam shifokorlarini jinoiy loqaydlikda ayblagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar 30 daqiqada yetib kelgan.
Diyego Maradona 25 noyabrda 60 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Futbolchining vafoti tufayli Argentinada 3 kunlik motam e'lon qilingan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
17:56 / 12.05.2025
Argentina sobiq Adliya vazirligi binosidan natsistlarga tegishli hujjatlar arxivi topildi
20:13 / 02.05.2025