Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden tovlamachilik qilmaganligini isbotlagan taqdirdagina Oq uyga prezident sifatida kira oladi – Tramp
Trampning fikricha, Jo Bayden hal qilib bo‘lmaydigan muammoga duch kelgan.
Demokrat Jozef Bayden agarda uning saylovdagi ehtimoliy g‘alabasi tovlamachilik emasligini isbotlay olsagina AQSh prezidenti bo‘la oladi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Donald Tramp o‘zining “Tvitter”dagi sahifasida ana shunday izoh qoldirdi.
“Bayden o‘zining kulgili “80 mln ovozi”ni noqonuniy yoki tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritmaganini isbotlagan taqdirdagina Oq uyga prezident sifatida kirishi mumkin”, – deb yozdi Tramp.
“Agar Detroyt, Atlanta, Filadelfiya va Miluokida nimalar yuz berganini ko‘rsangiz – saylovlardagi keng miqyosli aldov – u (Bayden) hal qilib bo‘lmaydigan muammoga duch kelgan”, – deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.
Ushbu post e'lon qilinganidan bir oz o‘tib, “Tvitter” Trampning qaydiga bahsli ta'kid sifatida belgi qo‘ydi.
Avvalroq Jo Bayden AQShdagi prezident saylovlarida 80 milliondan ko‘proq ovoz to‘plagan tarixdagi birinchi nomzod bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025