Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda jamoat joylarida 2 kishidan ko‘proq bo‘lib yig‘ilish taqiqlanadi
Hongkong ma'muriyati karantin cheklovlarini kuchaytirishga qaror qildi. Jumladan, shaharda ko‘ngilochar maskanlar yopilmoqda va jamoat joylarida 2 kishidan ko‘proq bo‘lib yig‘ilish taqiqlanmoqda. Bu haqda Hongkong rahbari Kerri Lem e'lon qilgan.
South China Morning Post nashrining xabar berishicha, 2 dekabrdan barcha savdo-ko‘ngilochar markazlari, ko‘ngilochar bog‘lar, karaoke va basseynlar yopiladi. Sportzallar va go‘zallik salonlari ochiq qoladi, biroq ular 2 kishidan ko‘proq bo‘lib yig‘ilmaslik qoidalariga amal qilishi kerak bo‘ladi. Shunday cheklovlar restoranlar uchun ham amal qiladi va ular soat 22gacha ishlaydi.
Ushbu qoidalar buzilgudek bo‘lsa, 2 ming Hongkong dollarigacha (250 dollar) miqdorda jarima solinadi.
Ta'kidlanishicha, Hongkong ma'muriyatining bunday qat'iy cheklovlar qabul qilishiga koronavirusning yana avj olishi sabab hisoblanadi. So‘nggi sutkada shaharda 76ta yangi kasallanish holati aniqlangan.
“Raqamlar dushanba kuni (30 noyabrda) biroz kamaydi, biroq odamlar epidemiyaning cho‘qqisidan o‘tdik, deb yanglish xulosaga kelmasliklarini istayman”, deb aytgan Hongkong rahbari. U, shuningdek, shahardagi 177 mingdan ko‘proqni tashkil qiluvchi davlat xizmatchilarining aksariyati masofadan ishlashga o‘tkazilishini ma'lum qilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Hongkongda kasallanish holatlari soni 6,3 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda, ulardan 109tasi o‘lim bilan tugagan.
Mavzuga oid
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
10:19 / 20.12.2024
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida o‘zaro vizasiz tartib o‘rnatish masalasi muhokama qilinmoqda
23:51 / 10.12.2024
Xitoy «Hongkong ishiga aloqador» AQSh fuqarolariga viza berishni chekladi
17:40 / 03.12.2024