Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron razvedkasi yadrochi olimning o‘limi tashkilotchilari shaxsini aniqladi
Eron ushbu qotillikda Isroilni ayblagan. Bundan tashqari, AQSh razvedkasi ham ushbu terakt ortida Isroil turganiga ishora qilgan.
Eron razvedka xizmatlari eronlik yadrochi-fizik olim Muhsin Faxrizodaga nisbatan suiqasdni tashkil etganlarning shaxsini aniqladi. Bu haqda mamlakat hukumati rasmiy vakili Ali Rabiy ma'lum qildi.
“Eron Axborot vazirligi (Eron razvedkasini boshqaradi – tahr.) Faxrizodaning o‘limiga aloqador kishilarning shaxsini aniqladi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda IRIB teleradiokorporatsiyasi.
Rabiyning qo‘shimcha qilishicha, “ishning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda va aniqlik kiritilishi bilan javob choralari ishlab chiqiladi”.
Faxrizoda 27 noyabrda Tehron yaqinidagi Absard aholi punktida qurolli hujumga uchragandi. Keyinroq olim olingan jarohatlardan shifoxonada vafot etdi.
Eron ushbu qotillikda Isroilni ayblagan. Bundan tashqari, AQSh razvedkasi ham ushbu terakt ortida Isroil turganiga ishora qilgan. Ta'kidlanishicha, Faxrizodaning o‘ldirilishidan Oq uyning bo‘lg‘usi rahbari Jo Baydenga Eron bilan diplomatik aloqalarni tiklashga to‘sqinlik qilish maqsad qilingan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025