Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva hukumati aholini BelAESda halokat yuz berishi ehtimoliga qarshi mahsulotlarni g‘amlab olishga chaqirdi
Litva parlamenti BelAESni milliy xavfsizlikka tahdid deb e'lon qilgan va u yerda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish hamda elektr tarmoqlari orqali o‘tkazishni taqiqlagan.
Litva aholisi Vilnyusdan 50 km uzoqlikda qurilgan Belarus atom elektr stansiyasida halokat yuz berishi ehtimoliga qarshi mahsulotlarni g‘amlab olishi lozim. Litva ichki ishlar vazirligi vakili Mindaugas Bayarunas LRT radiosi efirida ana shunday fikr bildirdi.
“Aholiga birinchi ehtiyoj mahsulotlarining uch kunlik zaxirasini g‘amlab qo‘yishni tavsiya qilamiz”, — dedi u.
Ushbu zaxiradan konservalar, un, o‘simlik moyi, shakar, suv kabi mahsulotlar o‘rin olishi tavsiya qilingan.
“Mas'ul tashkilotlarning vazifalari aniq belgilab qo‘yilgan, ammo ular odamlarga yordamga yetib kelgunicha ma'lum bir vaqt o‘tadi, shuning uchun har doim tayyor holda bo‘lish kerak”, — dedi Bayarunas.
Eslatib o‘tamiz, Litva BelAES faoliyatiga qarshi chiqmoqda. Litvaning ta'kidlashicha, BelAES loyihasi yadro energetikasi sohasidagi xalqaro talablar buzilgan holda amalga oshirilgan. Litva parlamenti mazkur AESni milliy xavfsizlikka tahdid deb e'lon qildi va u yerda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish hamda elektr tarmoqlari orqali o‘tkazishni taqiqladi.
BelAESning birinchi bloki 3 noyabr kuni Belarus yagona energiya tizimiga ulangan, 7 noyabrda uning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. 10 noyabrda esa AESda nosozlik yuz bergani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
15:31 / 16.04.2025