Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent metallurgiya zavodining ochilish marosimida ishtirok etadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun poytaxtning Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent metallurgiya zavodining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu majmua O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Yangi korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelingan.
Zavodda import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, iqtisodiyotda mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi. Shuningdek, yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Majmuada 700ga yaqin kishi ish bilan ta'minlanadi. Turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Mazkur zavodni barpo etish 2017 yil fevralda boshlangan edi. Qurilish ishlariga 420 million dollar sarflangan.
Prezident majmua ochilish marosimida ishtirok etishi, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
10:37 / 11.04.2025
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi
22:28 / 02.12.2024
2025 yilda ko‘mir qazib olishni 10 million tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda
19:48 / 29.04.2024
Kamyob metallar bo‘yicha 500 mln dollarlik loyihalar ishlab chiqiladi
18:26 / 01.02.2024