Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari yana 2,4 mlrd dollar pul so‘rashmoqda
Avvalroq Olimpiada budjeti 13 mlrd dollar deb baholangandi.
2021 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarini tashkil qilish uchun yana 2,4 mlrd dollar talab qilinadi. Bu haqda o‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi ijrochi direktori Tosiro Muto ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu mablag‘ning 1,5 mlrd dollari o‘yinlar sanasini ko‘chirish bilan bog‘liq operativ ehtiyojlar, yana 900 mln dollar koronavirusga qarshi kurashish choralari uchun sarflanadi.
Muto xarajatlarni pasaytirish uchun tashkilotchilar barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini ta'kidladi.
Avvalroq Olimpiada budjeti 13 mlrd dollar deb baholangandi.
Tokio Olimpiadasi va Paralimpiadasi 2020 yil yozda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo pandemiya sababli bir yil ortga surildi. Endilikda Olimpiada 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiada esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
10:54 / 09.12.2024