O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Joriy yilning 4 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat tadbirkorlarining o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan biznes sherikligini o‘rnatish va rivojlantirishga o‘zaro qiziqishini davlat darajasida qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi. Joriy yilning sakkiz oyida 240 ta qo‘shma korxona tashkil etildi, O‘zbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirok etgan tashkilotlarning umumiy soni so‘nggi uch yil ichida ikki baravarga oshdi va 2 mingtadan ortiq korxonani tashkil qildi.
Shuningdek, yaqin kelajakda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish maqsadida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aloqalarini chuqurlashtirish bo‘yicha birgalikda amalga oshiriladigan tadbirlar muhokama qilindi. Savdoda mavjud bo‘lgan to‘siqlarni olib tashlash va O‘zbekiston hamda Rossiya kompaniyalari tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun sharoitlarni optimallashtirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.
O‘tgan yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga o‘sdi va 6,6 milliard dollarni tashkil etdi (uch yil ichida 58 foizga oshdi). Joriy yilning o‘n oyida, pandemiyaga qaramay, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 18 foizga o‘sdi.
Uchrashuv doirasida tomonlar kun tartibidagi asosiy masalalar bo‘yicha fikr almashdi va sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, energetika, sog‘liqni saqlash, bank-moliya sektori, ta'lim sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga o‘zaro sodiq ekanliklarini bildirdi.
Iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari to‘g‘risida suhbat Rossiyaning yetakchi kompaniya va korporatsiyalari rahbarlari ishtirokida “O‘zbekiston va Rossiya korxonalari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi” mavzusida tashkil qilingan O‘zbekiston-Rossiya davra suhbati chog‘ida davom etdi.
Davra suhbati davomida investitsiya, texnologiya va sanoat kooperatsiyasi sohalarida rivojlanishning yuqori dinamikasi hamda Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lami ta'kidlandi.
Uchrashuv davomida Rossiya korxonalari tomonidan neft-gaz tarmog‘i, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika sanoati va boshqa sohalarda istiqbolli investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirishga qiziqish bildirildi.
Davra suhbati yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Rossiya Sanoat va savdo vazirligi bilan O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida sanoat, tashqi savdo va investitsiyaviy hamkorlik sohasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum, shuningdek, 2021 yil aprel oyida O‘zbekistonda “Innoprom. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Mavzuga oid
09:59
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024