Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senator «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasiga rahbar bo‘ldi
Senator Murtazo Rahmatov «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi rahbariga aylandi.
O‘zA xabar qilishicha, «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi muassislari umumiy yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Murtazo Rahmatovni uyushma raisligiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
«Buxoro Kotton Tekstil Klaster» paxta-to‘qimachilik klasteri ta'sischisi bo‘lgan Murtazo Rahmatov 2020 yil yanvarida Buxoro viloyatidan Oliy Majlis Senatiga a'zo bo‘lgandi.
U O‘zbekistondagi birinchi paxta-to‘qimachilik klasteri - Quyi Chirchiq tumanidagi «TCT cluster» korxonasi asoschisi ham hisoblanadi.
Uyushma 2020 yilning 23 iyunida Vazirlar Mahkamasining «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tashkil qilingandi.
Mavzuga oid
14:55 / 27.05.2025
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega sub’yektlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi
17:31 / 07.05.2025