Xitoy kompaniyasi vaksina ishlab chiqarish uchun 500 million dollar jalb qila oldi
Xitoyning koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan Sinovac Biotech kompaniyasi o‘zining bo‘linmasi Sinovac Life Sciences’ning 15 foiz aksiyasini sotganini e'lon qildi. Kompaniya shu yo‘l bilan CoronaVac deb nomlangan vaksinasini ishlab chiqarish uchun zarur mablag‘ bilan o‘zini ta'minlagan.
Aksiyalarni Xitoyda jyeneriklar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri Sino Biopharmaceutical taxminan 500 mln dollarga sotib olgan.
Xarid haqidagi kelishuv Sinovac o‘z vaksinasi sinovlarining yakuniy bosqichi haqida ma'lumotlarni e'lon qilishga tayyorlanayotgan va vaksinani butun dunyo bo‘ylab yetkazishni boshlagan vaqtda tuzilgan.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, u yiliga 300 mln doza vaksina ishlab chiqarishga tayyor, 2020 yil oxirigacha esa ishlab chiqarish quvvatlarini ikki barobar oshirish uchun vaksina ishlab chiqaruvchi ikkinchi zavodi qurilishini yakunlamoqchi.
Mavzuga oid
02:02
Kanada Mudofaa vazirligi Xitoyni Arktikada razvedka ma’lumotlarini to‘plashda aybladi
22:37 / 23.11.2024
Politico: Xitoy iqlim siyosati poygasida AQSh va YeIdan o‘zib ketdi
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
19:13 / 21.11.2024