Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu O‘zbekistonning investitsion jozibadorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda – qo‘mita vakili ko‘chirmakashlik va insofsiz raqobat haqida
Colgate, Red bull, Samsung, Coca-Cola, Sanofi, Mars, Nestle, Lada va boshqa ko‘plab brendlar O‘zbekiston tadbirkorlari ularning mahsulotlari ko‘rinishini o‘g‘irlagan holda tovar ishlab chiqarib sotayotgani yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga murojaat qilishgan. Bu haqda qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Karimov 7 dekabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lumot berdi.
Mutasaddi bunday qonunbuzilish holatlari mamlakatning investitsion jozibadorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatish barobarida respublikada insofsiz raqobat avj olishiga sabab bo‘layotganini aytib o‘tdi.
«Bugungi kunda insofsiz raqobat oziq-ovqat mahsulotlari, farmatsevtika va salqin ichimliklar bozorida ko‘p uchramoqda. Ya'ni ma'lum bir tadbirkor o‘z brendini rivojlantirish maqsadida anchagina pul xarajat qilib bozorda tanilib olganidan keyin yaxshigina daromad olaman deb turgan paytda insofsiz raqobatchilar marketingga pul ketkazgisi kelmaydi-da, bitta harfini yoki ko‘rinishini o‘zgartirib qo‘yadi.
Ko‘p iste'molchilar, ayniqsa yoshlar xarid vaqtida ko‘rinishi ko‘chirilgan mahsulot nomini o‘qib ko‘rmaydi. Tovar qaysidir mahsulot brendini eslatsa bo‘ldi, «bu ham o‘sha ishlab chiqaruvchining yangi mahsuloti bo‘lsa kerak», deb o‘ylaydi va sotib oladi. Bu qonunbuzilish holati hisoblanadi. Natijada O‘zbekistonning investitsion jazibadorligiga putur yetadi.
Chunki ushbu mamlakat hududida faoliyat yuritaman deb kelayotgan chet el investorlari O‘zbekistonda ularning intellektual mulkka oid huquqlari himoya qilinishiga ishonchi hosil bo‘lishi kerak.
Biz shu paytga qadar anchagina chet el investorlariga tegishli brendlarini O‘zbekistondagi insofsiz raqobat holatlaridan himoya qildik.
Masalan, Colgate, Red bull, Samsung, Coca-Cola, Sanofi, Mars, Nestle, Lada va boshqa ko‘plab brendlar qo‘mitamizga insofsiz raqobat masalasida murojaat qilishgan. Ya'ni bizning tadbirkorlar ularning tovarlarining tashqi ko‘rinishini «kopiya» qilib sotayotgani haqida shikoyatlar kelib tushgan», deya rais o‘rinbosari so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinishicha, qo‘mitaga 2020 yil yanvar-noyabr oylari davomida insofsiz raqobat masalasida 242ta ariza kelib tushgan. Shundan 48ta korxona qonunlarni buzganini tan olgan. 2019 yilda esa bu raqamlar 195tani tashkil etgandi.
Mavzuga oid
10:07 / 03.03.2025
Bir qator xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi
13:04 / 23.10.2024
Telekommunikatsiya sohasida operatorlar va provayderlarga adolatli raqobat muhiti ta’minlanadi
19:03 / 15.10.2024
“Raqobat siyosati kerak” – Nobel mukofoti laureati O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida
22:29 / 11.10.2024