Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi joriy etiladi
“Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qaror bilan 2021 yil 1 iyundan davlat organlari va tashkilotlarining ichki ma'muriy-xo‘jalik faoliyatini ta'minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarini bajarish xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi joriy etilib, bunda xususiy sektorga o‘tkazish uchun davlat funksiyalari har yili tanlab olinadi.
Vazirlik va idoralarning davlat boshqaruvidagi samarasiz hamda eksklyuziv funksiya va vakolatlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida 2021 yil 1 yanvardan Xususiy sektorni tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
14:52 / 03.03.2025
Iqtisodiyotda xususiy sektorning roli yanada oshiriladi
12:00 / 08.02.2025
30 ga yaqin davlat xizmati xususiy sektorga beriladi
14:20 / 18.01.2025
O‘zbekiston eksportda xususiy sektor ulushini 60 foizgacha oshirish niyatida
13:52 / 21.12.2024