Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Interpolning internet-firibgarlarga qarshi operatsiyasi davomida 20 mingdan ortiq kishi qo‘lga olindi
Interpol 1 sentyabrdan buyon 35ta mamlakatda maxsus operatsiya o‘tkazdi.
Interpolning Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi bilan hamkorlikda telefon va internet-firibgarlarga qarshi o‘tkazgan xalqaro operatsiyasi davomida 20 mingdan ortiq kishi qo‘lga olindi va 150 mln dollardan ortiq pul musodara qilindi. Bu haqda Interpol matbuot xizmati xabar berdi.
“First Light (“Birinchi yorug‘lik”) nomi ostida o‘tkazilgan operatsiya noyabr oyida quyidagi natija bilan yakunlandi: 10,3 mingta manzilda tintuv o‘tkazildi, pul yuvish bilan shug‘ullanuvchi 21,5 mingdan ortiq operator, firibgar va shaxslar qo‘lga olindi, 310ta bank hisobraqami muzlatildi, 153,9 mln dollar musodara qilindi”, — deyiladi 1 sentyabrdan buyon 35ta mamlakatda o‘tkazilgan operatsiya bo‘yicha hisobotda.
Interpolning qayd etishicha, internet tufayli firibgarlik jinoyatlari transmilliy tusga ega bo‘lib bormoqda, jinoyat qurbonlarining mablag‘lari xorijdagi raqamlarga o‘tkazilmoqda va boshqa davlatlarda o‘zlashtirilmoqda.
“COVID-19 pandemiyasi telekommunikatsiya va ijtimoiy muhandislik sohasidagi firibgarlik holatlarining o‘sishiga olib keldi. “Birinchi yorug‘lik” operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi, ammo kelgusida bu tahdidga qarshi kurashish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yanada kengroq global koalitsiyasi talab qilinadi”, — dedi Interpolning Pekindagi milliy byurosi rahbari Duan Daki.
Mavzuga oid
18:05 / 26.05.2025
Qotillikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Salvadordan Rossiyaga ekstraditsiya qilindi
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025