Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada koronavirusga qarshi kurashda chegaralarni yopish samara bermay qo‘yganligi aytildi
Ginsburgning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus antitanalarga nisbatan chidamlilik xususiyatiga ega bo‘lolmaydi.
Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda chegaralarni yopish kabi choralar samara bermay qo‘ydi, chunki pandemiya rivojlanishida asosiy rolni atrofdagi kasallik manbalari o‘ynamoqda. Bu haqda Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg aytdi.
«Anchadan beri kasallik tarqalishida asosiy rolni infeksiyaning chetdan kirishi emas, balki atrofimizdagi infeksiya manbalari o‘ynayapti. Shuning uchun epidemiologik jarayonni boshqarish qiyin bo‘lib ketdi va u ommaviy tus kasb etdi», - dedi u.
Ginsburgning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus antitanalarga nisbatan chidamlilik xususiyatiga ega bo‘lolmaydi.
«U bunga qodir bo‘lmaganligidan emas, balki immun tizimimiz judayam turli-tuman ekanligidan, u paydo bo‘ladigan mutatsiyalarga nisbatan ham turli-tuman», - dedi u.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus yuqtirganlar soni 2,5 mln nafardan oshgan, 45 mingga yaqin inson vafot etgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025