Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Trampdan keyin yaxshilab dezinfeksiya qilinadi - Politico
AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Oq uyni Jo Baydenga bo‘shatib bergandan keyin u yerda dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi. Bunday qaror Tramp va uning ma'muriyatidagi ko‘plab xodimlar koronavirusga chalingani bilan bog‘liq holda qabul qilingan.
Politico nashrining AQSh umumiy xizmatlari ma'muriyatidagi manbaga tayanib xabar berishicha, dezinfeksiya ishlari prezident saylovlari g‘olibi deb e'lon qilingan Jo Bayden Oq uyni egallashidan oldin o‘tkaziladi.
Ta'kidlanishicha, Tramp Oq uyni tark etgach, u yerdagi barcha sirtlar bir necha soat davomida dezinfeksiya qilinadi. Bundan tashqari, Oq uyda havoni tozalash ishlarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Oktyabr boshida Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp koronavirusga chalingandi. Tramp bir necha kun harbiy gospitalda davolangandan keyin Oq uyga qaytgandi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025