Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasiga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir.
11 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti, Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi raisi Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, tadbirda YeOIIga a'zo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Moldova va taklif etilgan mamlakat sifatida Kuba yetakchilari ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasiga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir.
“Davlatimiz rahbari o‘z nutqida O‘zbekistonning YeOII bilan o‘zaro manfaatli hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shu yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyatida kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etishi to‘g‘risidagi taklifni ma'qullagan edi.
Mavzuga oid
19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi
14:38 / 07.11.2024