O‘zbekiston | 08:36 / 11.12.2020
17479
2 daqiqa o‘qiladi

IIV to‘yda guruh bo‘lib harakatlanib, boshqa haydovchilarga xalaqit bergan Toyota Land Cruiser’lar bo‘yicha ma'lumot berdi

Joriy yilning 8 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda "Kattakonlarni to‘yi bo‘lsa kerak" sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Videolavhada "Lasetti" va "Toyota Land Cruiser" rusumli bir necha transport vositalari to‘y marosimida guruh-guruh bo‘lib harakatlangani, atrofdagi boshqa harakat qatnashchilarining erkin harakatiga xalaqit bergani aks etgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, videolavha yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda, videolavhada aks etgan "Toyota Land Cruiser" rusumli avtomobil egasi davlat raqam belgi orqali aniqlanganda, ushbu mashina fuqaro G.U.ga tegishli bo‘lganligi, ayni vaqtda avtomobilni boshqa shaxsga sotib yuborganligi, videolavhada aks etgan holat 2019 yilning noyabr oyida sodir bo‘lganligi, o‘sha vaqtda avtomobilni o‘g‘li, 1995 yilda tug‘ilgan B.U. boshqarganligi ma'lum bo‘ldi. 

Shuningdek, videolavhada aks etgan yana bir "Toyota Land Cruiser" rusumli avtomobil fuqaro I.J.ga tegishli ekanligi, videolavhadagi holat 2019 yilda sodir bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi.

Fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi, deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid