Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeOII doirasidagi sheriklik teng huquqlilik prinsipiga asoslanishi lozim - Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida rasman kuzatuvchi-davlat maqomini oldi. Yevroosiyo iqtisodiy kengashining mazkur qarorga kelingan yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Davlat rahbari nutqi yakunida YeOII doirasidagi sheriklikni rivojlantirish qanday prinsiplarga asoslanishi kerakligi borasida o‘z pozitsiyasini ilgari surdi.
O‘zbekiston yetakchisining hisoblashicha, hamkorlik mamlakatlarning milliy manfaatlariga javob berishi, teng huquqlilik, o‘zaro foyda va manfaatlarni hisobga olish prinsiplariga asoslangan bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev o‘tgan oy AQShga safari chog‘ida O‘zbekiston YeOIIning to‘laqonli a'zosiga aylanishi masalasi hali ochiq turganini aytgandi.
Rossiya yetakchiligidagi mintaqaviy integratsiya haqida gapirar ekan, Safoyev bu masala o‘zbek jamiyatida Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishga qaraganda ko‘proq qarama-qarshiliklarga sabab bo‘layotganini ta'kidlagandi.
Shavkat Mirziyoyev yil boshida Senatdagi chiqishida YeOII bilan hamkorlik borasidagi xavotirlarga munosabat bildirgan edi.
«Mustaqillikni birovga berib qo‘yadi, degan xomxayol gaplar hoyu-havas gaplar. Kim berib qo‘yadi mustaqillikni? […] Kuzatuvchi degani – a'zo degani emas. Tomoshabin degandek. Kuzatuvchi maqomida nima yaxshi, nima yomonligini kuzatamiz», – degandi davlat rahbari.
Mavzuga oid
19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi
14:38 / 07.11.2024