Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMlarda darslar faqat an'anaviy tarzda o‘tilishi haqidagi xabarlar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalarida 2021 yil 16 yanvardan dars jarayonlari faqat an'anaviy tarzda boshlanishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Kun.uz muxbiri mazkur xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan bog‘landi. Vazirlik matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bu yolg‘on ma'lumot.
Qayd etilishicha, respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida darslarning an'anaviy tarzda tashkil qilinishi faqat vazirlikka bog‘liq emas. Buning uchun Respublika maxsus komissiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda ish olib boriladi.
«Shuni rasman ma'lum qilamizki, oliy ta'lim muassasalarining barcha talabalarini to‘liq an'anaviy ta'lim shakliga o‘tkazish rejalashtirilmagan. Mazkur masalada yangilik bo‘lsa, vazirlik rasmiy veb-sayti va Telegram kanali orqali ma'lum qilinadi», deyilgan vazirlikning rasmiy munosabatida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda barcha oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 16 noyabrdan e'tiboran an'anaviy shaklda davom ettirilmoqda. Bunda talabalarning o‘zi an'anaviy yoki onlayn ta'lim shaklini tanlashi mumkin.
Mavzuga oid
18:19 / 14.08.2023
OTMga kirish testlari yakunlandi - imtihonning so‘nggi kunidan reportaj
14:11 / 04.08.2023
2023 yilning birinchi yarmida eng ko‘p daromad va zarar ko‘rgan oliy ta’lim muassasalari ma’lum qilindi
10:41 / 04.08.2023
OTM reytingi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi
08:05 / 01.08.2023