Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boku Qorabog‘da arman otryadlariga qarshi aksilterrorchilik amaliyoti o‘tkazganini ma'lum qildi
Boku Ozarboyjon Davlat xavfsizligi xizmati kuchlari Tog‘li Qorabog‘ning Gadrut qishlog‘i atrofida aksilterrorchilik amaliyoti o‘tkazishga majbur bo‘lganini ma'lum qildi. Amaliyot Gadrut yaqinidagi o‘rmonlarda yashiringan arman otryadlariga qarshi o‘tkazilgan.
Bokuda ta'kidlanishicha, Armaniston avvalroq bu otryadlarni hududdan olib chiqish bo‘yicha Rossiya tinchlikparvar qo‘shinlari qo‘mondonligiga murojaat qilgan. Ozarboyjon o‘z navbatida arman otryadlarining olib chiqilishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Ammo Armaniston qurolli kuchlari otryadlari hududni tark etish o‘rniga u yerda jangovar pozitsiyalarni shakllantirib, Ozarboyjon harbiylari va fuqarolariga qarshi bir nechta qo‘poruvchilik harakatini amalga oshirgan. Buning oqibatida Ozarboyjon tomondan 4 harbiy halok bo‘lgan va 2 harbiy hamda bir fuqaro yaralangan.
Shu sababli Ozarboyjon hududda aksilterrorchilik amaliyotini o‘tkazishga majbur bo‘lgan.
Boku buning ortida Yerevanni Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha qo‘shma bayonot bandlarini bajarishga chaqirgan.
Ozarboyjon tashqi ishlar vazirligida Armanistonning Boku tomonidan yarashuv rejimi buzilgani haqidagi bayonotlari asossiz va nomaqbul ekanligi ta'kidlab o‘tilgan.
“Ozarboyjon rossiyalik tinchlikparvarlar bilan hamkorlik doirasida harakat qilib, hududda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash uchun tegishli choralar ko‘radi”, deb aytilgan Boku bayonotida.
Avvalroq Armaniston mudofaa vazirligi Tog‘li Qorabog‘da yana hujum harakatlari boshlanganini ma'lum qilgandi. O‘z navbatida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda Armanistonni ayblagandi.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025