Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada jangarilarning maktabga hujumidan keyin yuzlab o‘quvchilar bedarak yo‘qoldi
Nigeriyaning Kankara shahrida (Katsina shtati) noma'lum kishilarning o‘g‘il bolalar uchun mo‘ljallangan maktab-internatga hujumidan keyin 200ga yaqin o‘quvchi bedarak yo‘qoldi.
Reuters axborot agentligining xabar berishicha, hujum mamlakat prezidenti Muhammadu Buxoriy ona shtati Katsinaga kelgandan 2 kun o‘tib sodir etilgan. Jangarilar o‘quvchilar uxlayotganda mototsikllarda maktab binosiga bostirib kirishgan. Hujum bir soatdan ko‘proq davom etgan.
Jangarilar va maktabning xavfsizlik xizmati xodimlari o‘rtasida yuz bergan otishma vaqtida ko‘plab o‘quvchilar qocha boshlashgan. Ko‘pchilik bolalar jangarilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
Ma'lum qilinishicha, keyinroq huquq-tartibot idoralari jangarilarni o‘rmonda topishga muvaffaq bo‘lgan. Hukumat kuchlari jangarilarni aviatsiya yordamida ta'qib qilish vaqtida ularga qarshi otishma olib borgan. 200ga yaqin o‘quvchini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.
Mahalliy OAVning xabar berishicha, maktabda 884 bola bo‘lgan. Ulardan 200dan ko‘prog‘ining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Bolalarni qidirishga armiya va ota-onalar qo‘shilgan.
Ayni vaqtda terrorchi guruhlardan birortasi “Boko harom” jangarilari harakatlanadigan hududlardan olisda joylashgan maktabga hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
19:38 / 29.01.2025
Yaponiyada 2024 yilda bolalar o‘rtasida rekord darajada o‘z joniga qasd qilish holatlari qayd etildi
13:23 / 27.01.2025