Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada har oyda uch milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlanadi
15-16 dekabr kunlari mamlakatdagi emlash punktlari xaritasi taqdim etiladi.
Polshada 8,3 mingdan ortiq shifokorlar guruhi aholini koronavirusga qarshi emlashni boshlaydi. Bu oyiga uch milliondan ortiq kishini emlash imkonini beradi, deb ma'lum qildi Polsha bosh vaziri devonxonasi boshlig‘i Mixal Dvorchik.
"Vaksinatsiya dasturini amalga oshirish uchun emlash bilan shug‘ullanadigan 8319 ta guruh tashkil etildi. Mos ravishda, oyiga 3,4 mln kishi emlanishi mumkin", - dedi Dvorchik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 15-16 dekabr kunlari mamlakatdagi emlash punktlari xaritasi taqdim etiladi. Dekabr o‘rtalaridan Polshadagi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi emlanish zarurligi to‘g‘risida faol targ‘ibot boshlanadi.
Dvorchik yanvarda Polshaga 1,1 mln doza vaksina keltirilishini aytdi.
Ma'lumot berilishicha, Polsha 60 mln doza koronavirusga qarshi vaksina sotib olgan. Fuqarolar bepul emlanishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025