Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyadagi ikkita Bosh konsulxonasini yopishni ko‘rib chiqmoqda
AQSh hukumati Rossiyaning Vladivostok va Yekaterinburg shaharlaridagi Bosh konsulxonalarini butunlay yopishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib, «Kommersant'» nashri xabar berdi.
Bir qancha diplomatik manbalar bergan ma'lumotga ko‘ra, Yekaterinburg va Vladivostokdagi AQSh Bosh konsulxonalarini to‘liq yopish varianti ko‘rib chiqilmoqda. Yekaterinburgdagi Bosh konsulxona mart oyidan buyon faqatgina favqulodda holatlarda xizmat ko‘rsatmoqda. Moskvadagi AQSh elchixonasi va Saxalindagi konsullik agentligi ham aynan shu tartibda ishlamoqda. Vladivostokdagi Bosh konsulxona esa koronavirus pandemiyasi tufayli 19 martdan o‘z faoliyatini butunlay to‘xtatgan.
Ma'lum qilinishicha, dastlab Vladivostokdagi konsulxona faoliyati koronavirus bilan bog‘liq vaziyat izga tushishi bilan tiklanishi aytilgan edi. Lekin AQSh Davlat departamenti vaziyat yaqin kunlarda yaxshilanmaydi degan xulosaga kelgan. Bundan tashqari, pandemiya boshlangunga qadar ham konsulxonada xodimlarning yetishmasligi tufayli rossiyaliklarga viza xizmatlarini ko‘rsatish cheklangan.
Hozircha Moskvadagi AQSh elchixonasi ushbu xabarga rasmiy izoh bermadi.
Mavzuga oid
23:33 / 27.02.2025
Turkiyada O‘zbekiston fuqarolariga AQShga yuborishni va’da qilayotgan firibgarlar ko‘paydi - Bosh konsulxona
21:06 / 24.10.2024
Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi
20:00 / 02.03.2018
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ish boshladi
21:52 / 02.04.2017