Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qur'oni Karimning O‘zbekistonga daxldor 114ta nusxasidan olingan suralar yagona kitobga jamlanadi
O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga daxldor, butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketgan 114ta Qur'oni Karim nusxasining har biridan bittadan sura olinib, bitta kitobga jamlanadi.
O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish butunjahon jamiyati «114ta Qur'oni Karim» loyihasini amalga oshiradi.
Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston madaniy meros haftaligida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Avstriyaning Mueller&Schindler nashriyoti vakili Aleksandr Vilgelm loyiha tafsilotlari haqida ma'lumot berdi.
«Ma'lumki, Islom dinining muqaddas kitobi Qur'oni Karim 114ta suradan iborat. Qur'onning O‘zbekiston madaniyatiga oid 114ta turli nusxalaridan bittadan sura olgan holda, ularni bitta kitobga jamlash maqsad qilingan.
Turli qo‘lyozmalardan olingan har bir sura o‘zi tegishli bo‘lgan nusxa haqida tasavvur hosil qiladi», – dedi Aleksandr Vilgelm.

Loyihada foydalaniladigan 114ta Qur'onning to‘liq ro‘yxati hali shakllantirilmagan bo‘lsa-da, ishtirokchi nusxalarning ayrimlari haqida ma'lumot berildi.
Loyihada, xususan, Amir Temurning nevarasi Ibrohim Sulton uchun Hirotda maxsus yaratilgan, hozirda Britaniya kutubxonasida saqlanayotgan Qur'on qo‘lyozmasi va Temuriylar davriga oid, o‘ziga xos kalligrafiyaga ega Qur'onning Baltimordagi Uolters galereyasida saqlanayotgan nusxasi qatnashadi.
Shuningdek, Dublindagi Chester-Betti kutubxonasi, Turkiyadagi Topkapi saroyi, Nyu-York Metropoliten muzeyi, Parijdagi Milliy kutubxona, Myunxen shahridagi kutubxonada saqlanayotgan Qur'on qo‘lyozmalaridan olinadigan suralar ham kitobdan joy olishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 15 dekabr kuni boshlangan O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi 18 dekabrga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
22:21 / 08.05.2025
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
18:38 / 28.04.2025