Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kompaniyasi soatiga 500 kilometr tezlikka erisha oladigan giperkarni taqdim etdi
AQShning Hennessey kompaniyasi dunyodagi eng tezyurar avtomobil nomiga da'vogarlik qilishi mumkin bo‘lgan Venom F5 giperkarini taqdim etdi. Giperkar brendning 30 yilligiga atab yaratilgan.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, avtomobil tezligi 500 km/soatgacha chiqishi mumkin. Biroq avtomobil bunday yuqori tezlikka maxsus F5 rejimida erisha oladi. Pastroq tezliklar uchun yana 4ta rejim ko‘zda tutilgan: Sport, Track, Drag va Wet.
Orqa privodli, og‘irligi 1360 kg keluvchi yangi giperkar 6,6 litrli, 8 silindrli benzin dvigateli bilan jihozlangan. Avtomobilning quvvati 1817 ot kuchini tashkil qiladi. Avtomobilda 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi o‘rnatilgan.


Hennessey hammasi bo‘lib Venom F5’dan 24 dona ishlab chiqaradi. Mashinalarning narxi 2,1 mlndan boshlanadi. 12ta mashina amerikalik xaridorlar uchun zaxiralab qo‘yilgan, qolgan 12ta mashinani boshqa istovchilar sotib olishi mumkin. Giperkarlar 2021 yildan xaridorlarga yetkazib berila boshlanadi.
Hennessey Venom F5 o‘z vaqtida sayyoradagi eng kuchli avtomobil deb tan olingan va 1244 ot kuchiga ega Hennessey Venom GT’ning izdoshi hisoblanadi.
Mashinaning 2 o‘rindiqli saloni karbon va charm bilan qoplangan. Giperkarning jihozlanishi o‘z ichiga 9 dyuymli Alpine multimedia tizimini, karbon rulni va 7 dyuymli asboblar panelini olgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025