Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an AQSh sanksiyalarini Turkiyaning suveren huquqlariga qarshi hujum deb atadi
15 dekabr kuni AQSh Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgani uchun sanksiyalar joriy etdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Rossiyaning S-400 zenit tizimlarini sotib olganligi uchun AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalarni mamlakat suveren huquqlariga qarshi amalga oshirilgan hujum deb atadi.
"Bu qaror – mamlakatimizning suveren huquqlariga qarshi amalga oshirilgan hujum. Bundan asosiy maqsad – bizni mudofaa sanoati sohasida qaramga aylantirish. AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimlarini sotib olish masalasida bizning shartlarimizga to‘g‘ri kelmadi, sanksiyalarni esa ehtiyojimizni boshqalar yordamida qondirganimiz uchun kiritishdi. Biz mudofaa sanoatimizni yanada mustaqil qilish uchun ikki baravar ko‘proq ishlaymiz", - dedi Turkiya prezidenti.
15 dekabr kuni AQSh Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgani uchun Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati, uning rahbari Ismoil Demir va yana uch mansabdor shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ta'kidlashicha, AQSh Turkiyani S-400 sotib olinishi amerika harbiylari va texnikasini xavf ostiga qo‘yishi, Rossiya mudofaa sektoriga katta mablag‘lar taqdim qilishi hamda Rossiyaning Turkiya qurolli kuchlari va mudofaa sanoatiga kirishidan bir necha marta ogohlantirgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025