Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardobadagi kabi voqea qaytarilmasligi uchun har bir loyiha ekspertizasiga alohida e'tibor berilmoqda – «O‘zbekgidroenergo» AJ mutaxassisi
Bugun, 16 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zbekgidroenergo» AJning 2020 yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda 2021 yildagi rejalari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.
«O‘zbekgidroenergo» AJ Xorijiy moliyaviy tashkilotlar bilan ishlash, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlashni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i Hasan Hasanov Sardoba fojiasi kabi holatlar yana yuzaga kelmasligi uchun nimalar qilinayotgani haqida ma'lumot berdi.
“Hozirda «O‘zbekgidroenergo» AJ doirasida bir qator GESlar qurilmoqda. Sardobadagi kabi voqea qaytarilmasligi uchun har bir loyihaning ekspertiza jarayonlariga alohida e'tibor berilmoqda.
Masalan, hozir Pskent GESi qurilishi bo‘yicha loyiha hujjatlari Osiyo Taraqqiyot bankining texnik ko‘magi yordamida Germaniya kompaniyasi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, ekspertiza jarayoniga bir qator Rossiya universitetlari ham jalb qilingan.
Shuningdek, jamiyatimiz qoshida ham har bir sohadan mutaxassislar jalb qilinib, ekspertlar guruhi tashkil qilingan. Har bir loyiha tarmoq ilmiy kengashiga kiritilishidan oldin ekspertlar guruhi tomonidan ko‘rib chiqib ma'qullanadi. Shundan keyin Qurilish, Moliya yoki Investitsiya va tashqi savdo vazirligi kabi boshqa organlarga ekspertizaga kiritiladi. Hamma joydan ekspertizadan o‘tganidan so‘ng loyihaning texnik asoslarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Shuning uchun ishontirib aytamanki, bizda bu kabi holatlar bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, qurilganiga ancha vaqt bo‘lgan Chorvoq to‘g‘onini o‘rganish bo‘yicha Fransiya Taraqqiyot agentligi mutaxassislari jalb qilingan. Agentlik Chorvoq GESi xavfsizligini oshirish bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda. Loyiha doirasida seysmik datchiklar va ishlamay qolgan datchiklarni almashtirish bo‘yicha ishlar qilinmoqda”, - dedi «O‘zbekgidroenergo» AJ mutaxassisi.
Mavzuga oid
10:30 / 24.04.2025
“O‘zbekgidroenergo” AJda zamonaviy andozalarga mos Vaziyatlar markazi faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi
20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi
08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin
17:34 / 05.04.2025