Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Australian Open odatdagidan 3 hafta kechroq boshlanadi
Odatda yanvar oyining 18-31 kunlari o‘tkaziladigan Australian Open turniri pandemiya sharoitlari taqozosiga ko‘ra bu safar 3 fevralda boshlanadi. 4 kunlik saralash bosqichi esa Qatar poytaxti Doxaga ko‘chirilib, 10 yanvarda boshlanadi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Ushbu yangilik ATR 2021 yil bo‘yicha dastlabki yetti haftalik rejalarini e'lon qilgach o‘z tasdig‘ini topdi.
Tennischilar mahalliy qoidalariga ko‘ra 15 yanvar kuni Melburnga yetib kelib, 14 kunlik karantinda o‘tirishlari kerak bo‘ladi.
Tennis mavsumi esa 5 yanvarda AQShning Delray Bich va Turkiyaning Antalyasidagi turnirlar bilan boshlanadi. 31 yanvardan Melburnda ikki turnir o‘tkaziladi. Biri Adelaidadan ko‘chirib o‘tkazilayotgan Adelaide International, ikkinchisi esa, 1-5 fevral kunlari ATP Cup turniri.
«2021 yilgi mavsumning o‘zgartirilgan taqvim bo‘yicha boshlanishi sharoit taqozosiga ko‘ra tennisdagi hamkorlikdagi katta birdamlikni aks ettiradi. Oldinda sinovlar kutayotgan ekan, salomatlik va xavfsizlik birlamchi bo‘lib qolaveradi», deya bayonot bergan ATR raisi Andrea Gaudensi.
Mavzuga oid
23:10 / 20.02.2025
Zelimxon Haydarov Tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
17:50 / 17.02.2025
Botir Rahimov tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi
16:46 / 26.01.2025
Yannik Sinner yana Australian Open g‘olibi bo‘ldi
08:00 / 05.08.2024