Jahon | 14:47 / 17.12.2020
18654
2 daqiqa o‘qiladi

Makron koronavirusga chalindi

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronda COVID-19 aniqlandi. Bu haqda prezident kanselyariyasi ma'lum qildi.

«Bugun Respublika prezidentining COVID-19’ga topshirgan testi natijasi musbat natija berdi. Bu PZR-test orqali tasdiqlandi», — deya aniqlik kiritilgan Yelisey saroyida 

Amaldagi sanitar qo‘llanmalarga ko‘ra, davlat rahbari bir hafta davomida o‘zini ihotalaydi. U masofadan turib ishlashda davom etadi.

Xabarlarga ko‘ra, Fransiya bosh vaziri Jan Kasteks ham shu kunlarda prezident bilan uchrashgani tufayli bir haftalik karantinga yo‘l oladi.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, pandemiya davrida Fransiyada koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 2 mln 465 126 holat qayd etilib, bemorlarning 59,4 ming nafari halok bo‘lgan.

Shu vaqtgacha dunyodagi rahbarlar orasida AQSh prezidenti Donald Tramp, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru, Polsha prezidenti Anjyey Duda, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin COVID-19’ni boshdan kechirishdi.

Mavzuga oid